Voice Up” inklyuziv oromgohi: yoshlar tashabbusi va hamjihatlik ruhi

Voice Up” inklyuziv oromgohi: yoshlar tashabbusi va hamjihatlik ruhi
54

VoiceUp” inklyuziv lagerining har bir kuni bolalar uchun yangi taassurotlar, do‘stlar va g‘oyalarga boy o‘tdi. Ular birga o‘ynashdi, o‘rganishdi, o‘z fikrlarini bildirishdi va ijodiy loyihalar yaratishdi.

Kuni kecha bolalar bilan agentlik jamoasi ham birga vaqt o‘tkazdi. Suhbatlar oddiy, samimiy va ochiq ruhda o‘tdi. Bolalar o‘z g‘oyalari va orzularini namoyish etishdi, birgalikda ishlagan ijodiy ishlari bilan bo‘lishishdi.

Lager doirasida o‘tkazilgan tanlov natijalariga ko‘ra eng faol va ilhomli qatnashchilar taqdirlandi.

Bunday uchrashuvlar — bolalarni eshitish, ularni tushunish va ular bilan teng muloqotda bo‘lish imkonini beradi.