Hamjamiyatlarni mustahkamlash va ijtimoiy farovonlikni rivojlantirish markazi

O‘zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-iyundagi 350-sonli qaroriga asosan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Kolumbiya universiteti (AQSh) Ijtimoiy ish maktabi hamda UNICEF hamkorligida tashkil etilgan.

Agentlik hamkorligidagi tashkilotlar

Markaz faoliyatidagi 3 asosiy yo‘nalish

7

Ijtimoiy himoya sohasida xorijiy yetakchi ekspertlar ko‘magida ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish;

8

Ijtimoiy sohada faoliyat olib boruvchi xodimlarni Kolumbiya universiteti o‘quv dasturlari asosida malakasini oshirish;

9

Ijtimoiy sohada kadrlarni samarali interaktiv ta’lim hamda ilg‘or tajriba asosida qayta tayyorlash.

Tashkilotning asosiy vazifalari

HAMJAMIYATLARNI MUSTAHKAMLASH VA IJTIMOIY FAROVONLIKNI RIVOJLANTIRISH MARKAZI

01

Ijtimoiy himoya va aholining ruhiy salomatligi sohasidagi muammolarni tadqiq etish hamda hal qilishga qaratilgan takliflar ishlab chiqisha

02

Ijtimoiy ish sohasida xalqaro standartlar talablariga mos keluvchi akademik tizimni joriy etish va mustahkamlash

03

Kolumbiya universitetining Ijtimoiy ish maktabi bilan hamkorlikda ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish

04

Qonunchilikka muvofiq shartnoma asosida kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish.

Mediateka

  • UNICEF sifatida biz xalqaro standartlarga mos keladigan dasturlar orqali, markaz faoliyatini qo’llab-quvvatlashni o’z zimmamizga olamiz ”

    Antonia Luedeke

    UNICEFning O‘zbekistondagi Bolalarni himoya qilish bo‘yicha bo‘lim rahbari

    “ UNICEF sifatida biz xalqaro standartlarga mos keladigan dasturlar orqali, markaz faoliyatini qo’llab-quvvatlashni o’z zimmamizga olamiz ”
  • "Butunjahon ijtimoiy ish kuni" muborak bo‘lsin!

     

    Ijtimoiy ish — insonlar, oilalar va jamoalarga qiyinchiliklarni yengishda va turmush farovonligini oshirishda yordam berishga qaratilgan kasb!

    "Butunjahon ijtimoiy ish kuni" muborak bo‘lsin!
  • Trenerlar uchun uch kunlik treningning

    “Xatar guruhidagi bolalar va ularning oilalariga ijtimoiy xizmat ko’rsatish” nomli treningning dastlabki kuni jarohatga asoslangan yondashuv va intervensiyalarga bag’ishlanib, 4 modulni o’z ichiga oldi:

    • Jarohat va bolalikning noxush tajribasi;
    • Keyslar bilan ishlash: haqiqiy vaziyatlarda jarohatga asoslangan yondashuvni qo’llash;
    Trenerlar uchun uch kunlik treningning
  • “Hamjamiyatlarni mustahkamlash va ijtimoiy farovonlikni rivojlantirish markazi”

    “Hamjamiyatlarni mustahkamlash va ijtimoiy farovonlikni rivojlantirish markazi”ning faoliyati yo’lga qo’yildi. Markazning tarixi, asosiy maqsad va vazifalari hamda hamkorlari haqida ushbu videorolik orqali ma’lumotga ega bo’lishingiz mumkin.

    “Hamjamiyatlarni mustahkamlash va ijtimoiy farovonlikni rivojlantirish markazi”
  • Ijtimoiy ish tarixi haqida faktlar

    Amerika Qo‘shma Shtatlarida ijtimoiy ish ta’limining rasmiy boshlang‘ich nuqtasi sifatida Kolumbiya universitetida birinchi ijtimoiy ish darsi tashkil etilgan. "Ijtimoiy ishning onasi" deya ta'riflanadigan Jeyn Addams, Chikagoda muhojirlar uchun ijtimoiy va ta’lim imkoniyatlarini ta’minlash maqsadida "Hall House"ni tashkil etgan. 

    Ijtimoiy ish tarixi haqida faktlar
  • Har bir bola o‘ziga g‘amxo‘rlik qiladigan va qo‘llab-quvvatlaydigan oilaga munosibdir.

    Ijtimoiy himoya milliy agentligi va YUNISEF har bir bolaning mehribon oilada o‘sish huquqiga oid keng axborot kampaniyasini boshlamoqda. Bizning ustuvor vazifamiz — bolalarning o‘z oilalarida, yaqinlari yonida qolishlari uchun o‘z oilalari va ularning yaqin qarindoshlariga yordam berishdir. Ammo bu imkonsiz bo‘lsa, bolani parvarish qilishga tayyor bo‘lgan tutingan oilalar eng samarali yechim hisoblanadi. 

    Har bir bola o‘ziga g‘amxo‘rlik qiladigan va qo‘llab-quvvatlaydigan oilaga munosibdir.
  • Volontyorlar tashabbusi – “Fundoo App” ilovasi yaratilmoqda!

    Hamjamiyatlarni mustahkamlash va ijtimoiy farovonlikni rivojlantirish markazi qoshida faoliyat yuritayotgan “Kambag‘allik siklini to‘xtatamiz” (SCP) volontyorlik guruhi o‘z faoliyatini yanada kengaytirish va samaradorligini oshirish yo‘lida navbatdagi muhim tashabbusni boshlab berdi.

    Volontyorlar tashabbusi – “Fundoo App” ilovasi yaratilmoqda!
  • Ijtimoiy ish bo'yicha AQSh tajribasi o'rganilmoqda

    9–17-noyabr kunlari Ijtimoiy himoya milliy agentligi,  Hamjamiyatlarni mustahkamlash va ijtimoiy farovonlikni rivojlantirish markazi hamda Agentlikning tizim tashkilotlari mutaxassislaridan iborat delegatsiya Nyu York shahrida o‘z faoliyatini boshladi.

    Ijtimoiy ish bo'yicha AQSh tajribasi o'rganilmoqda

Yangiliklar

Foydali havolalar

wpChatIcon
wpChatIcon