Fidokorona mehnat – yuksak e’tirof

Fidokorona mehnat – yuksak e’tirof
137

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligida mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan tizimda samarali va fidokorona mehnat qilib kelayotgan xodimlarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Taqdirlash marosimida Agentlik tizimidagi xodimlar bilan bir qatorda ijtimoiy himoya sohasida 20 yildan ortiq tajribaga ega, huquqshunos ekspert, bolalar huquqlarini himoya qilish va ijtimoiy ishni rivojlantirish yo‘nalishidagi yetakchi mutaxassis hozirgi kunda esa Hamjamiyatlarni mustahkamlash va ijtimoiy farovonlikni rivojlantirish markazi direktori o‘rinbosari Yulduzxon Umarbekova ham yuksak e’tirofga sazovor bo‘ldi.

Y.Umarbekova – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli Farmoni bilan ta’sis etilgan “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi” esdalik nishoni, shuningdek, Agentlik direktorining tegishli buyrug‘iga asosan ijtimoiy himoya sohasidagi samarali faoliyati, tashabbuskorligi va fidoyiligi uchun “Ijtimoiy himoya fidoyisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.