“Xavfsiz bolalik” almanaxda aks etdi

“Xavfsiz bolalik” almanaxda aks etdi
87

Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamda Ilm-fan va ta’lim-tarbiyani rivojlantirish fondi hamkorligida amalga oshirilgan “Ziyolilar.Inson” loyihasining tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Loyiha doirasida ijtimoiy himoya, ilm-fan, ta’lim, madaniyat, ma’naviyat va jamoatchilik sohalarida fidokorona mehnat qilayotgan, o‘zining ezgu tashabbuslari, yuqori kasbiy mas’uliyati hamda faol fuqarolik pozitsiyasi bilan jamiyat taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shayotgan insonlar e’tirof etildi.

Quvonarlisi, mazkur marosimda Hamjamiyatlarni mustahkamlash va ijtimoiy farovonlikni rivojlantirish markazi qoshida faoliyat yuritayotgan “Xavfsiz bolalik” volontyorlik guruhi asoschisi Ma’rifatxon Umarova ham alohida e’tirof etildi.

Bolalar va yoshlar o‘rtasida zo‘ravonlikning oldini olish, ularning huquqiy savodxonligini oshirish, zo'ravonlikka nisbatan murosasiz muhitni targ‘ib etish hamda volontyorlik harakatini rivojlantirish yo‘lida amalga oshirayotgan samarali tashabbuslari va ko‘ngilli faoliyati uchun “Xavfsiz bolalik” volontyorlik guruhi faoliyati “Ziyolilar.Inson” maxsus almanaxidan munosib o‘rin oldi.