“Ijtimoiy ish bo‘yicha qayta tayyorlov kursi” bitiruv malakaviy ishlarini himoya qilish jarayoni muvaffaqiyatli yakunlandi

“Ijtimoiy ish bo‘yicha qayta tayyorlov kursi” bitiruv malakaviy ishlarini himoya qilish jarayoni muvaffaqiyatli yakunlandi
78

“Ijtimoiy ish bo‘yicha qayta tayyorlov kursi” tinglovchilarining bitiruv malakaviy ishlarini himoya qilish jarayoni o‘z nihoyasiga yetdi. 15–30-iyun kunlari davom etgan himoya jarayonida 95 nafar tinglovchi o‘z bitiruv malakaviy ishlarini muvaffaqiyatli himoya qildi.

Har bir tadqiqot doirasida mavzuning nazariy asoslari o‘rganilib, ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatishning amaliy jihatlari tahlil qilindi hamda mamlakatimizda ijtimoiy himoya tizimini yanada takomillashtirish istiqbollari yuzasidan ilmiy asoslangan taklif va prognozlar ishlab chiqildi.

Himoya jarayonining xolis va shaffof tashkil etilishida komissiya raisi, komissiya a'zolari hamda soha ekspertlari muhim o‘rin tutdi. Ular har bir bitiruv malakaviy ishini belgilangan mezonlar asosida sinchkovlik bilan baholab, tinglovchilarning nazariy tayyorgarligi, amaliy ko‘nikmalari, ilmiy yondashuvi va kasbiy salohiyatiga xolis baho berdilar.

Himoya komissiyasi tarkibiga Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Kolumbiya universitetining ijtimoiy ish maktabi, UNICEF, O'zbekiston Milliy universiteti, Ijtimoiy siyosat laboratoriyasi hamda Ijtimoiy haimoya tizimi xodimlarining malakasini oshirish markazi kabi tashkilotlardan xalqaro mutaxassislar, ijtimoiy himoya, oliy ta'lim va amaliyot sohalarida katta tajribaga ega mutaxassislar jalb etilgani baholash jarayonining sifatini yanada oshirdi hamda bitiruvchilar uchun o‘z bilim va ko‘nikmalarini yetuk mutaxassislar oldida namoyish etish imkoniyatini yaratdi.