Qozog’istonda xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi

Qozog’istonda xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi
82

2026-yil 4–5-may kunlari Qozog‘iston Respublikasining Olmota shahrida “Social Work in Action: Interdisciplinary and Global-Informed Strategies for Bridging and Advancing Sustainable Development in Central Asia” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etildi.

Mazkur nufuzli tadbir Al-Farobiy nomidagi Qozoq milliy universiteti, The Hong Kong Polytechnic University hamda Xalqaro ijtimoiy ish maktablari assotsiatsiyasi (IASSW) hamkorligida o‘tkazilmoqda.

Konferensiyada 20 dan ortiq davlat vakillari, shu jumladan Kolumbiya universitetining Ijtimoiy ish maktabi vakili hamda O’zbekiston Respublikasi nomidan Hamjamiyatlarni mustahkamlash va ijtimoiy farovonlikni rivojlantirish markazi direktor o‘rinbosari Y.Umarbekova ma’ruza bilan ishtirok etmoqda.

Ma’ruza davomida Ijtimoiy himoya milliy agentligining Ijtimoiy ishni rivojlantirishdagi o’rni, ijtimoiy ish ta’limida global standartlarning ahamiyati, xalqaro talablar asosida mutaxassis tayyorlash hamda milliy tizimni jahon tajribasi bilan uyg‘unlashtirish masalalariga alohida urg‘u berdi. Shuningdek, o‘z chiqishida Markaziy Osiyo sharoitida global standartlarni joriy etish jarayonida milliy xususiyatlar, institutsional imkoniyatlar va amaliyot ehtiyojlarini inobatga olish muhimligini ta’kidladi.

Konferensiya Markaziy Osiyo va jahonning turli mamlakatlaridan yetakchi olimlar, amaliyotchilar va davlat boshqaruvi vakillarini birlashtirib, ijtimoiy ish sohasining dolzarb masalalarini muhokama qilish uchun muhim xalqaro maydon bo‘lmoqda.