Mijoz bilan ilk uchrashuv – bu shunchaki ma’lumot yig‘ish jarayoni emas. Bu – vaziyatni chuqur anglash, ishonchli aloqa o‘rnatish va samarali yordam ko‘rsatish uchun ustuvor yo‘nalishlarni belgilashdir.
Quyida ijtimoiy xodimning birlamchi baholashdagi 3 ta asosiy vazifasi keltirilgan:
1. Aloqani o‘rnatish – mijoz bilan samimiy va ishonchli munosabatni shakllantirish – muvaffaqiyatli hamkorlikning asosi. Ijtimoiy xodim ochiq muloqot, hurmat va empatiya orqali mijozning ishonchini qozonadi. Bu esa mijozning o‘z muammolari haqida erkin va ochiq gapirishiga imkon yaratadi.
2. Vaziyatni qanchalik shoshilinch ekanligini va xatarlarni aniqlash – mijozning ijtimoiy, psixologik va iqtisodiy holatini birlamchi va tezkor tahlil qilish muhimdir. Ushbu bosqichda muammo sabablari, xavf omillari va mavjud resurslar aniqlanadi.
3. Himoya omillarini belgilash – bu jarayonda mijozning ehtiyojlari, imkoniyatlari va ustuvorliklari inobatga olinadi. Maqsad – aniq, real va natijaga yo‘naltirilgan yordam strategiyasini belgilash.
Birlamchi baholash – bu ijtimoiy xizmat ko‘rsatishning poydevori bo’lib, uning sifatli amalga oshirilishi keyingi ish jarayonining samaradorligini belgilaydi.