6-mart kuni Estoniya Ijtimoiy sug‘urta departamenti, Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamda Hamjamiyatlarni mustahkamlash va ijtimoiy farovonlikni rivojlantirish markazi vakillari o‘rtasida onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida bolalarni himoya qilish tizimi, bolalar uchun krizis xizmatlari, ijtimoiy ish amaliyoti hamda oilaviy muhitda bolalarni qo‘llab-quvvatlash masalalari yuzasidan tajriba almashildi.
Bundan tashqari, Estoniya mutaxassislari tomonidan mamlakatdagi bolalarni himoya qilish tizimi, ijtimoiy ish jarayonida case management (holatni boshqarish) mexanizmlari hamda “Bola farovonligini baholash” modeli asosida olib boriladigan jarayonlari haqida ma’lumot berildi.
Tomonlar psixosotsial xizmatlarni rivojlantirish hamda bolalarni himoya qilish sohasida xalqaro hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha kelgusida hamkorlikni davom ettirishga kelishib oldilar.