Vikar jarohat: mutaxassisning ruhiy resursini qanday asrash mumkin?
180

Ijtimoiy xodimlar, psixologlar va ijtimoiy xizmatlar ko'rsatuvchi mutaxassislarga ish jarayonida mijozlarning og'ir hayotiy vaziyatlarini doimiy tinglash va empatik kirishish orqali uning ruhiy holatiga ta’sir qiladi. Bu holat vikar jarohat deb ataladi.

Vikar jarohat hissiy charchoq, xavotir yoki asabiylik, uyqu va diqqat bilan bog‘liq muammolar, mijozlarning vaziyatlarini ishdan tashqari vaqtda ham o‘ylash, hissiy uzoqlashish yoki aksincha, mijoz bilan haddan tashqari yaqin bo'lish orqali namoyon bo‘lishi mumkin.

Vikar jarohat va kasbiy kuyish bir xil tushuncha emas. Kasbiy kuyish uzoq davom etadigan ish yuklamasi bilan, vikar travma esa mijozlarning og‘ir tajribalariga muntazam duch kelish bilan bog‘liq. Bu ikki holat bir vaqtda kuzatilib, mutaxassisning professional resursini kamaytirishi mumkin.


Vikar jarohatning oldini olish uchun mutaxassis, avvalo, o‘z hissiy holatini kuzatib borishi va professional chegaralarni saqlashi muhim. Murakkab holatlardan so‘ng qisqa tanaffus qilish, muntazam superviziyadan foydalanish, ish va shaxsiy hayot o‘rtasidagi muvozanatni saqlash hamda sifatli dam olish ruhiy resursni tiklashga yordam beradi.