Ijtimoiy ish terminologiyasini takomillashtirish bo‘yicha yangi glossariy ishlab chiqilmoqda
231

Hamjamiyatlarni mustahkamlash va ijtimoiy farovonlikni rivojlantirish markazi, UNICEF vakillari hamda xalqaro ekspert ishtirokida ijtimoiy ish sohasiga oid terminlar glossariysini ishlab chiqish masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Muloqot davomida sohada qo‘llanilayotgan asosiy tushuncha va atamalarni tizimlashtirish, ularning yagona talqinini shakllantirish hamda xalqaro standartlar bilan uyg‘unlashtirish masalalari muhokama qilindi.

Yangi glossariy ijtimoiy ish sohasida mutaxassislar tomonidan qo‘llaniladigan terminlarning bir xil mazmunda tushunilishi va amaliyotda izchil qo‘llanilishiga xizmat qilishi ko‘zda tutilmoqda.