Hududlarda xatar guruhiga kiruvchi bolalar va ularning oilalari uchun psixoijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi
69


Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Hamjamiyatlarni mustahkamlash va ijtimoiy farovonlikni rivojlantirish markazi hamda Bolalarni qo‘llab-quvvatlash va ijtimoiy integratsiya qilish markazi tomonidan Andijon, va Namangan viloyatlarida hududiy nodavlat notijorat tashkilotlari va tadbirkorlik subyektlari bilan qator uchrashuvlar tashkil etildi.

Uchrashuvlardan ko‘zlangan asosiy maqsad — xatar guruhiga kiruvchi bolalar, zo‘ravonlikdan jabrlangan bolalar, og‘ir hayotiy vaziyatga tushgan bolalar hamda ularning ota-onalari uchun hududlarda ijtimoiy, psixologik va pedagogik xizmatlarni yanada samarali tashkil etish masalalarini muhokama qilishdan iborat bo‘ldi.
Muloqotlar davomida:
hududlarda mavjud resurs va imkoniyatlar;
davlat va nodavlat sektor hamkorligi asosida xizmatlarni tashkil etish bo‘yicha xalqaro tajribalar;
Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan joriy etilayotgan yangi yondashuv va mexanizmlar muhokama qilinib, ishtirokchilar tomonidan taklif va fikrlar bildirildi.

Shuningdek, bolalar va ularning oilalarini qo‘llab-quvvatlashda ijtimoiy tadbirkorlik, NNT va xususiy sektor ishtirokini kengaytirish, psixoijtimoiy xizmatlarni joylarda aholiga yaqinlashtirish muhim ekani alohida ta’kidlandi.
Uchrashuvlar yakunida:
Andijon, Farg‘ona va Namangan viloyatlarida og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushgan bolalar va ularning oilalari uchun xizmatlarni kengaytirish;
professional tutingan oilalarni qo‘llab-quvvatlash
hududiy ijtimoiy xizmatlar markazlari negizida psixoijtimoiy kabinetlar va kichik hajmli (krizis) markazlar tashkil etish;
psixoijtimoiy xizmat ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan NNT va tadbirkorlar bazasini shakllantirish bo‘yicha muhim kelishuv va tashabbuslar ilgari surildi.