Ijtimoiy xizmatlarda hamkorlik kengaymoqda

Ijtimoiy xizmatlarda hamkorlik kengaymoqda
75

Bugun Ijtimoiy himoya milliy agentligi Buxoro viloyati boshqarmasida Kolumbiya universiteti Ijtimoiy ish maktabi professori, PhD, MSSW Richard Hara, mazkur maktabning maxsus bo‘lim direktori Lyudmila Kim hamda Hamjamiyatlarni mustahkamlash va ijtimoiy farovonlikni rivojlantirish markazi va UNICEF vakillari ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuv davomida ijtimoiy himoya tizimida faoliyat yuritayotgan mutaxassislar, xususan ijtimoiy xodimlar va supervayzerlarning kasbiy salohiyatini oshirish, ularning bilim va ko‘nikmalarini yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

Xalqaro ekspertlar tomonidan ijtimoiy xizmatlar sifatini ta’minlashda supervayzerlarning o‘rni alohida qayd etilib, muammoning ildizini aniqlay olgan mutaxassis uning samarali yechimiga eng yaqin turishi ta’kidlandi.

Shuningdek, tomonlar Buxoro shahrida Buxoro va Navoiy viloyatlaridan jalb etilgan supervayzerlar uchun ikki kunlik o‘quv-trening tashkil etilishi hamda istiqboldagi hamkorlik yo‘nalishlari yuzasidan fikr almashdilar.