Ijtimoiy ish sohasini rivojlantirish yo‘lida xalqaro hamkorlik

Ijtimoiy ish sohasini rivojlantirish yo‘lida xalqaro hamkorlik
73

Amerika elchixonasining “Fulbright specialist” loyihasi doirasida O’zbekistonda Ijtimoiy ish va ijtimoiy ishda akademik ta’limni rivojlantirish maqsadida Kolumbiya universitetining Ijtimoiy ish maktabi professori, PhD, MSSW Richard Hara Hamjamiyatlarni mustahkamlash va ijtimoiy farovonlikni rivojlantirish markazi bilan hamkorlikdagi 1 oylik xizmat safari olib borildi.

Mazkur tashrifdan asosiy maqsad — mamlakatimizda ijtimoiy ish sohasidagi akademik ta’lim tizimini yanada rivojlantirish, malaka talablari hamda o‘quv dasturlarini ilg‘or xalqaro standartlarga muvofiqlashtirishdan iborat. Shu bilan birga, amaliyotda faoliyat yuritayotgan mutaxassislar salohiyatini mustahkamlash ham ustuvor yo‘nalishlardan biri sifatida belgilangan.

Tashrif doirasida professor tomonidan respublikaning qator hududlari, jumladan Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo, Andijon, Farg‘ona, Namangan, Sirdaryo, Toshkent viloyatlari hamda Toshkent shahrida faoliyat olib borayotgan supervayzerlar va oliy ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilari uchun “Ijtimoiy ish ta’limi, superviziya va kasbiy rivojlanish” mavzusida o‘quv-treninglar tashkil etildi.

Shu munosabat bilan R.Hara Markaz mutaxassislari bilan uchrashib, amalga oshirilishi rejalashtirilgan faoliyat yo‘nalishlari, ustuvor vazifalar hamda kutilayotgan natijalar yuzasidan batafsil muhokamalar olib bordi.