Professional (terapevtik) tutingan oilalar tizimini rivojlantirish bo‘yicha ToT trening o'tkazildi

Professional (terapevtik) tutingan oilalar tizimini rivojlantirish bo‘yicha ToT trening o'tkazildi
74

Hamjamiyatlarni mustahkamlash va ijtimoiy farovonlikni rivojlantirish markazi tomonidan UNICEF bilan hamkorlikda “Zo‘ravonlikdan jabr ko‘rgan va ijtimoiy xavf ostida bo‘lgan bolalar uchun professional (terapevtik) tutingan oilalarni rivojlantirish” mavzusida ToT dasturi o'tkazildi.

Mazkur o‘quv dasturi 2026-yil 15–17-aprel kunlari davom etib, Ijtimoiy himoya milliy agentligining bolalarni ijtimoiy himoya qilish sho'basi mutaxassislari va Ijtimoiy himoya tizimi xodimlarining malakasini oshirish markazining tutingan oilalarni tayyorlash bo'yicha trenerlaridan iborat 28 nafar tinglovchining ToT trenerlar sifatida nazariy bilimlari va amaliy ko‘nikmalarini tizimli ravishda rivojlantirishga qaratilgan.

Trening doirasida quyidagi asosiy yo‘nalishlar qamrab olinmoqda:
bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish;
bolaning rivojlanishiga ta’sir etuvchi ijtimoiy-psixologik omillar;
travmatik tajribalar va ularning oqibatlari;
zo‘ravonlik va boshqa salbiy omillarga duch kelgan bolalarga oilaviy muhitda qo'llab-quvvatlash usullari.

Mazkur treningning strategik maqsadi – xavf guruhiga kiruvchi bolalar uchun professional (terapevtik) tutingan oilalar (PTO) modelini xalqaro standartlarga asoslangan holda o‘tkazishdan iborat.