Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Hamjamiyatlarni mustahkamlash va ijtimoiy farovonlikni rivojlantirish markazi hamda Agentlikning tizim tashkilotlari mutaxassislarining Nyu York shahriga xizmat safari davomida Lenox Hill Neighborhood House markazi faoliyati o’rganildi.
Lenox Hill Neighborhood House tashkiloti —Nyu-York shahridagi faoliyat yurituvchi yirik ijtimoiy xizmatlar markazi bo‘lib, u bolalar, keksalar va aholining ehtiyojmand guruhlari uchun keng ko‘lamli qo‘llab-quvvatlash dasturlarini amalga oshiradi.
Asosiy xizmat va dasturlar:
- Katta yoshdagilar ta’limi, til o‘rganish dasturlari, keksalar markazi (ijtimoiy xizmatlar, psixologik yordam, qo‘llab-quvvatlash guruhlari, arizalar bilan yordam).
- Altsgeymer yoki demensiya bilan yashovchi keksalar uchun art-terapiya, musiqa terapiyasi, kundalik parvarish.
- Bolalar dasturi (pre-kindergarten) – 3–5 yoshli bolalar uchun rivojlantiruvchi ta’lim, past daromadli oilalar uchun mo‘ljallangan.
- Nogironligi bo‘lgan bolalar uchun yordam.
- Ayollar uchun psixologik salomatlik yordam: 45 yoshdan oshgan ayollar uchun ijtimoiy va psixologik qo‘llab-quvvatlash.
Markazga qabul keksalar uchun minimal yosh – 60 yosh bo’lib, markaz bir kunda taxminan 400 nafar kishiga xizmat ko‘rsatishi mumkin. Markazga ijtimoiy xodim yo‘llanmasisiz ham mustaqil ravishda a’zo bo‘lishi mumkin.



