“Xavfsiz bolalik”: bolalar xavfsizligi — barchamizning mas’uliyatimiz!

“Xavfsiz bolalik” “peer to peer” qo‘llab-quvvatlash guruhi tomonidan Ijtimoiy himoya milliy agentligi huzuridagi Xalqaro inklyuziv habda navbatdagi axborot kampaniyasi tashkil etildi.

Uchrashuv davomida bolalarga zo‘ravonlik tushunchasi, uning shakllari va ko‘rinishlari haqida oddiy va samimiy tilda tushuntirishlar berildi. Ular o‘z huquqlari, xavfsiz muhitni tan olish, tahdidli vaziyatlarga munosabat bildirish bo‘yicha foydali bilim va tavsiyalar oldilar.

Ishtirokchilarga mavzuga oid targ‘ibot materiallari taqdim etilib, interaktiv savol-javoblar, suhbatlar orqali ularning fikrlariga ham e’tibor qaratildi.

wpChatIcon
wpChatIcon