“Xatar guruhidagi bolalar va o’smirlar bilan ijtimoiy ish amaliyoti” mavzusidagi trening boshlandi

Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Kolumbiya universitetining Ijtimoiy ish maktabi, UNICEF va Ijtimoiy himoya tizimi xodimlarining malakasini oshirish markazi hamkorligida “Xatar guruhidagi bolalar va o’smirlar bilan ijtimoiy ish amaliyoti” mavzusidagi treningning II bosqichi – ixtisoslashtirilgan kursi start oldi.

5 kunlik intensiv o‘quv jarayoni jarayoni davomida ishtirokchilar:
O‘smirlik davrining o‘ziga xos xususiyatlari. O‘smir holatini baholashning biopsixoijtimoiy modeli;
O‘smirlarning mental salomatligini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ishlash. Hissiy va xulq-atvor muammolariga ega bo‘lgan bolalar bilan ishlash usullari;
O‘smirlar orasida o‘z joniga qasd qilish xatti-harakatlarining oldini olish bo‘yicha ishlash;
Psixoaktiv moddalarni iste’mol qiluvchi xavf guruhiga mansub bolalar va o‘smirlar bilan ishlash;
Xavf ostidagi bolalar bilan ishlashda jarohatga asoslangan yondashuv. Stress va ruhiy jarohatlar bilan ishlash bo‘yicha xizmatlar va aralashuvlar kabi mavzular orqali yangi bilim va ko’nikmalarga ega bo’lishadi.

wpChatIcon
wpChatIcon