



2025-yil 14-aprel kuni ijtimoiy himoya sohasida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan 5 kunlik o‘quv kursi o‘z ishini boshladi. Trening O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yildagi ijtimoiy himoya yo‘nalishida amalga oshirilgan ishlar tahlili va 2025-yil uchun belgilangan ustuvor vazifalar asosida tashkil etilgan.
Treningning ochilish marosimida Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktor o‘rinbosari – S.Abdullaev, UNICEFning “Bolalarni himoya qilish” dasturi rahbari – A.Lyudeke, Kolumbiya universiteti Ijtimoiy ish maktabi professori, maxsus bo‘lim dasturi direktori – Lyudmila Kim, Ichki ishlar vazirligi Voyaga yetmaganlar bilan ishlash bo’lim boshlig’i podpolkovnik – F.Sattarov ishtirok etishdi.
Trening davomida Kolumbiya universitetining ilmiy asoslangan metodlari, xalqaro tajriba va O‘zbekistonda sinovdan o‘tgan yondashuvlar asosida 5 ta modul bo‘yicha malaka oshirish mashg‘ulotlari olib boriladi.
Dastur xatar guruhidagi bolalar va oilalar bilan ishlaydigan mutaxassislar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, ularning kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirish, idoralararo hamkorlikni kuchaytirish va bolalarni muassasaga tushib qolish xavfidan asrashga qaratilgan.