Xalqaro forum doirasida “O‘tish davridagi ijtimoiy himoya tizimlari: Moslashuvchan va keng qamrovli ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni shakllantirish bo‘yicha dunyo tajribasidan o‘rganishlar” mavzusida panel sessiya o‘tkazildi.

Ushbu sessiyada Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Xalqaro mehnat tashkiloti, shuningdek, UNICEF, BMT hamda Jahon bankining yuqori martabali vakillari va mutaxassislari o‘z ilmiy ishlanmalarini hamda tajribalarini taqdim etdilar.

O‘zbekistonda ijtimoiy himoya islohotlari jadallik bilan amalga oshirilmoqda. Malakali ijtimoiy xodimlar bolalarni himoya qilish, oilalarni qo‘llab-quvvatlash va kambag‘allikni kamaytirishda muhim rol o‘ynamoqda. Ushbu sa’y-harakatlarni yanada kuchaytirish maqsadida O’zbekiston-Kolumbiya markazi (Hamjamiyatlarni mustahkamlash va ijtimoiy farovonlikni rivojlantirish markazi) tashkil etildi. Markaz ilmiy asoslangan ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish orqali kambag‘allik xavfini kamaytirish, oilalarni mustahkamlash va bolalar farovon yashashi mumkin bo‘lgan barqaror hamjamiyatlarni shakllantirishga xizmat qilmoqda, – UNICEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Rehina Castijio.

Forumda Markaz mutaxassislari, Kolumbiya universitetining ijtimoiy ish maktabidagi maxsus bo’lim direktori Lyudmila Kim, Ijtimoiy siyosat laboratoriyasi vakillari hamda ijtimoiy ish yo‘nalishida kadrlar tayyorlaydigan oliy ta’lim muassasalari vakillari ham faol ishtirok etdilar. Uchrashuv davomida ta’lim jarayonini yanada takomillashtirish masalalari muhokama qilinib, o‘quv dasturlariga kambag‘al va kam ta’minlangan oilalar bilan ijtimoiy ishga qaratilgan maxsus kurslarni joriy etish bo‘yicha istiqbolli rejalar ilgari surildi.

wpChatIcon
wpChatIcon