Ishtirokchilar guruhlarga bo‘lingan holda faol muhokama, amaliy topshiriqlar va holat tahlillari orqali mavzuni chuqur o‘rganishdi.
Zo‘ravonlik turlari, ularning belgilarini aniqlash, himoya qilish mexanizmlari va oldini olish strategiyalari bo‘yicha yangi bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishdi.
Guruhlar o‘zaro tajriba almashish orqali real hayotdagi vaziyatlar bo‘yicha yechimlarni ishlab chiqishdi.




