Xabar berganimizdek, hududlardagi xatar guruhiga kiruvchi bolalar va ularning oilalari bilan ishlovchi mutaxassislar uchun superviziya o’tkazilishi rejalashtirilgan edi.
Ijtimoiy himoya milliy agentligi, (https://t.me/ijtimoiyhimoya_agentligi) UNICEF (https://t.me/unicefuzbekistan) va Mojaro hududlaridan qaytgan Markaziy Osiyo davlatlari fuqarolari uchun Yevropa Ittifoqi – BMT ko’magida Hamjamiyatlarni mustahkamlash va ijtimoiy farovonlikni rivojlantirish markazi mutaxassislaridan tuzilgan ishchi guruh Surxondaryo viloyatida o’z ishini boshladi.
Ishchi guruh tomonidan 2 kun davomida viloyatning Termiz shahar, Angor, Jarqo’rg’on va Termiz tumanlaridagi xatar guruhiga kiruvchi bolalar va ularning oilalaridagi vaziyatlar klinik superviziyada muhokama qilinadi.



