Mutaxassislar tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasida ehtiyojlarni baholash bo‘yicha tashriflar izchil davom etmoqda.
Navbatdagi manzil — Qo‘ng‘irot tumani. Tashrif doirasida mutaxassislar guruhi:
“Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi,
Minjarg‘an mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, mahallaning ehtiyojlari, mavjud muammolar va mavjud resurslar bo‘yicha ma’lumotlar to‘plashdi.
Uchrashuvlar davomida mahalla yettiligi, ijtimoiy xodimlar va “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi xodimlari bilan ochiq muloqotlar o‘tkazildi. Bu jarayon, joylardagi mavjud holatni chuqur anglash hamda kelajakdagi ijtimoiy dasturlarni aniq maqsadli rejalashtirish imkonini beradi.


