“Nukus shahridagi ijtimoiy muassasalarda ehtiyojlarni baholash ishlari olib borildi”

Hamjamiyatlarni mustahkamlash va ijtimoiy farovonlikni rivojlantirish markazi hamda Kolumbiya universitetining ijtimoiy ish maktabi mutaxassislari tomonidan ehtiyojlarni baholash (Needs Assessment) bo‘yicha amaliy ishlar davom ettirilmoqda.

Shu maqsadda Nukus shahrida joylashgan bir qator muhim ijtimoiy muassasalarga tashriflar amalga oshirildi. Jumladan:
Baqshiliq mahallasi,
“Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi,
Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish markazi,
Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazi.

Tashriflar davomida mutaxassislar joylarda mavjud sharoitlar, dolzarb ehtiyojlar, xizmatlar sifati va qamrovi bilan tanishishdi. Tahlillar esa keyinchalik ijtimoiy xizmatlarni yanada samarali tashkil etish, muammolarga manzilli yondashuvni shakllantirishga xizmat qiladi.

wpChatIcon
wpChatIcon