“Kambag‘allik siklini to‘xtatamiz” – volontyorlik dasturining ilk pilot loyihasi yakunlandi

Xabar berganimizdek, Hamjamiyatlarni mustahkamlash va ijtimoiy farovonlikni rivojlantirish markazi qoshida “Kambag‘allik siklini to‘xtatamiz” nomli qo’llab-quvvatlash guruhi ish boshlagan edi. Bugun volontyorlar guruhi o‘zining ilk 2 oylik pilot loyihasini Yangihayot tumanida muvaffaqiyatli yakunladi.

Shu munosabat bilan, loyiha doirasida matematika, ingliz tili va moliyaviy savodxonlik kurslarida ishtirok etgan o‘quvchilar (22 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj, jumladan, nogironligi bo’lgan bolalar) uchun taqdirlash marosimi tashkil etildi. Marosimda ishtirokchilarga Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori o‘rinbosari Usmon Sharifxodjayev tomonidan sertifikatlar va esdalik sovg’alari topshirildi.

Pilot loyiha davomida erishilgan natijalar kelgusida boshqa hududlarda ham ushbu tashabbusni kengaytirish uchun mustahkam asos bo‘lib xizmat qiladi.

wpChatIcon
wpChatIcon