Gender zo‘ravonligi hali ham dunyodagi eng keng tarqalgan inson huquqlari buzilishlaridan biri bo‘lib qolmoqda. Gender zo‘ravonlik — bu gender stereotiplari va tengsizlikka asoslangan, shaxsga jismoniy, ruhiy, jinsiy yoki iqtisodiy zarar yetkazadigan zo‘ravonlikdir.
UNFPA ma’lumotlariga ko’ra , Jahon bo‘yicha 736 million ayol — ya’ni har uchinchi ayol — hayotida kamida bir marta zo‘ravonlikka uchragan. Bu holat gender tengsizlik, ayollarning salomatligi va o‘z tanasi ustidan qaror qabul qilish imkoniyatlarining cheklanishi, shuningdek, ijtimoiy maqom, migratsiya yoki nogironlik kabi omillar tufayli yanada kuchayib borayotgan tizimli diskriminatsiya bilan chambarchas bog‘liq.
UNFPA bugungi kunda 134 dan ortiq mamlakatda gender zo‘ravonligining oldini olish va unga javob berish bo‘yicha 400 dan ziyod dasturlarni amalga oshirmoqda. 2018–2020 yillar davomida ushbu yo‘nalishga $484 million yo‘naltirilgan bo‘lib, UNFPA mamlakat ofislarining 96 foizi ayollar va qizlarni himoya qilishga qaratilgan milliy qonun va siyosatlarni ishlab chiqishda faol ishtirok etgan.
Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, ko‘plab davlatlar sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar tizimini mustahkamlashga katta e’tibor qaratmoqda, biroq sud va huquqni muhofaza qilish organlari bilan bog‘liq ishlarda sezilarli bo‘shliqlar mavjud. Bu esa zo‘ravonlikdan aziyat chekkan ayollarning adolat va himoyaga yetib borish imkoniyatlarini cheklab qo‘ymoqda.
