Navoiy shahrida W.I.N.G.S. dasturi doirasida fasilitatorlar uchun trening boshlandi

Navoiy shahrida W.I.N.G.S. dasturi doirasida fasilitatorlar uchun trening boshlandi
124

Hamjamiyatlarni mustahkamlash va ijtimoiy farovonlikni rivojlantirish markazi tomonidan Ijtimoiy himoya milliy agentligi Navoiy viloyati boshqarmasi bilan hamkorlikda W.I.N.G.S. (Women Initiating New Goals for Safety) dasturi doirasida fasilitatorlar uchun navbatdagi trening o‘z ishini boshladi.

12–13-oktabr kunlari Navoiy shahrida tashkil etilgan mazkur trening W.I.N.G.S. dasturining inqirozli vaziyatlarda harakat qilish protokoli bo‘yicha fasilitatorlarning nazariy bilimlari va amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlash, murakkab vaziyatlarga professional yondashish salohiyatini oshirish hamda dasturni hududlarda samarali joriy etishga qaratilgan.

Trening Kolumbiya universiteti Ijtimoiy ish maktabi maxsus bo‘limi direktori, xalqaro konsultant Lyumila Kim tomonidan olib borilmoqda.

Ikki kunlik trening dasturi zo‘ravonlikka uchragan ayollar bilan ishlashda inqirozli vaziyatlarga javob qaytarish mavzusidagi 4 ta sessiyani o‘z ichiga oladi. Mashg‘ulotlar davomida fasilitatorlar inqirozli vaziyatlarda xavfni baholash, individual xavfsizlik rejasini ishlab chiqish, tegishli xizmatlarga yo‘naltirish hamda murakkab holatlarda samarali yordam ko‘rsatish bo‘yicha amaliy yondashuvlarni o‘rganadilar.