2026-yil 16-sentabr kuni Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Hamjamiyatlarni mustahkamlash va ijtimoiy farovonlikni rivojlantirish markazi hamda GIZ vakillari va xalqaro ekspertlar ishtirokida “Aholining zaif qatlamlarini ijtimoiy himoya qilish va integratsiyalashuviga ko‘maklashish” (PROSPI) loyihasi doirasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Muloqot davomida nogironligi bo‘lgan shaxslarning qo‘llab-quvvatlanadigan bandligi (supported employment) tizimini rivojlantirish, ularning mehnat bozoriga integratsiyalashuvi va ish joyida barqaror faoliyat yuritishini ta’minlashga qaratilgan hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari muhokama qilindi.
Xususan, ijtimoiy himoya tizimi, nodavlat notijorat tashkilotlari va xususiy sektor o‘rtasida samarali hamkorlik mexanizmlarini shakllantirish, shuningdek, ushbu jarayonda ijtimoiy xodimlarning ijtimoiy hamrohlik bo’yicha bilim va ko’nikmalarini kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.