“Kambag‘allik siklini to‘xtatamiz” volontyorlik guruhi “Ziyolilar.Inson” almanaxidan munosib o‘rin oldi

“Kambag‘allik siklini to‘xtatamiz” volontyorlik guruhi “Ziyolilar.Inson” almanaxidan munosib o‘rin oldi
98

Xabar berganimizdek, Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamda Ilm-fan va ta’lim-tarbiyani rivojlantirish fondi hamkorligida amalga oshirilgan “Ziyolilar.Inson” loyihasining tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Hamjamiyatlarni mustahkamlash va ijtimoiy farovonlikni rivojlantirish markazi qoshida faoliyat yuritayotgan “Kambag‘allik siklini to‘xtatamiz” volontyorlik guruhi ham ushbu nufuzli loyiha doirasida alohida e’tirof etildi.

Bugungi kunda ushbu volontyorlar Toshkent shahrining 9 ta tumanlaridagi ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlarining moliyaviy savodxonligini oshirish, ularda to‘g‘ri moliyaviy ko‘nikmalarni shakllantirish, shuningdek, yoshlarning ijtimoiy faolligini yuksaltirish yo‘lida fidokorona faoliyat olib bormoqda.

Ularning jamiyat farovonligiga xizmat qilayotgan ezgu tashabbuslari, ko‘ngillilik asosidagi mehnati va yoshlar bilan olib borayotgan tizimli ishlari yuksak baholanib, “Ziyolilar.Inson” almanaxi sahifalaridan munosib o‘rin oldi.