O‘zbekiston delegatsiyasi Tojikistonda o‘tkazilayotgan ijtimoiy ish bo‘yicha xalqaro forumda ishtirok etmoqda

O‘zbekiston delegatsiyasi Tojikistonda o‘tkazilayotgan ijtimoiy ish bo‘yicha xalqaro forumda ishtirok etmoqda
91

2026-yil 30–31-iyul kunlari Tojikiston Respublikasi poytaxti Dushanbe shahrida tashkil etilgan "Tojikistonda ijtimoiy ish: mustaqillik davridagi rivojlanishi" mavzusidagi xalqaro forum o‘z ishini boshladi.

Mazkur nufuzli anjuman Tojikiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, UNICEF, Tojikistondagi Caritas Germaniya assotsiatsiyasi filiali hamda rivojlanish bo‘yicha xalqaro hamkorlar tashabbusi bilan tashkil etilgan bo‘lib, unda Kolumbiya universitetining Ijtimoiy ish maktabi, Markaziy Osiyo mamlakatlari vakillari, davlat organlari, oliy ta'lim muassasalari, xalqaro tashkilotlar va ijtimoiy ish sohasi ekspertlari ishtirok etmoqda.

Xalqaro forumda O‘zbekiston Respublikasidan:
Hamjamiyatlarni mustahkamlash va ijtimoiy farovonlikni rivojlantirish markazi direktori o‘rinbosari;
Ijtimoiy himoya milliy agentligi Buxoro viloyati boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari;
UNICEFning O‘zbekistondagi vakillari ishtirok etmoqda.

Forumning asosiy maqsadi bugungi globallashuv jarayonida ijtimoiy ish sohasida erishilgan natijalarni tahlil qilish, mavjud muammolar va yangi chaqiriqlarni muhokama etish, shuningdek, ijtimoiy himoya tizimini yanada takomillashtirish yuzasidan mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish va ilg‘or xalqaro tajribalarni almashishdan iborat.