Superviziya borasida xalqaro tajriba va kasbiy rivojlanishga qaratilgan hududiy treninglar muvaffaqiyatli yakunlandi

Superviziya borasida xalqaro tajriba va kasbiy rivojlanishga qaratilgan hududiy treninglar muvaffaqiyatli yakunlandi
73


Hamjamiyatlarni mustahkamlash va ijtimoiy farovonlikni rivojlantirish markazi tomonidan Ijtimoiy himoya milliy agentligi, UNICEF va Fulbright dasturi hamkorligida 2026-yil 9-apreldan 7-mayga qadar “Ijtimoiy ish ta’limi, superviziya va kasbiy rivojlanish” mavzusida hududiy ikki kunlik treninglar tashkil etildi.

Treninglar Samarqand, Xorazm, Qashqadaryo, Buxoro va Andijon viloyatlari hamda Toshkent shahrida o‘tkazilib, unda respublikaning 14 hududi supervayzerlari hamda “Ijtimoiy ish” yo‘nalishi mavjud 15 ta oliy ta’lim muassasasi professor-o'qituvchilari ishtirok etdi.

Treninglarda jami 200 nafar ishtirokchi qatnashib, ulardan 139 nafari ijtimoiy himoya tizimi supervayzerlari, 47 nafari 15 ta OTM professor-o‘qituvchilari, 14 nafari magistrant talabalar.

“Ijtimoiy ishda ta’lim, superviziya va kasbiy rivojlanish” trening dasturi Kolumbiya universitetining Ijtimoiy ish maktabi professori, PhD, MSSW Richard Hara hamda Kolumbiya universiteti Ijtimoiy ish maktabining maxsus bo‘lim direktori, xalqaro ekspert Lyudmila Kim tomonidan ishlab chiqildi va olib borildi.

Treninglar davomida:
ijtimoiy ishdagi professional kompetensiyalarni rivojlantirish;
kompetensiyaga asoslangan ta’lim yondashuvlarini joriy etish;
superviziya tizimini rivojlantirish;
amaliyotga yo‘naltirilgan ta’limni mustahkamlash;
motivatsion intervyu, travmaga asoslangan yondashuv, keys-tahlil, refleksiv amaliyot hamda professional fikr-mulohaza kabi zamonaviy metodlarni qo‘llash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.