Ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish yoʻlidagi hamkorlik kuchaymoqda

Ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish yoʻlidagi hamkorlik kuchaymoqda
73

Bugun Kolumbiya universitetining Ijtimoiy ish maktabi professori, PhD, MSSW Richard Hara hamda Kolumbiya universiteti Ijtimoiy ish maktabidagi maxsus bo‘lim direktori Lyudmila Kim hamda Hamjamiyatlarni mustahkamkash va ijtimoiy farovonlikni rivojlantirish markazi vakillari bilan, Ijtimoiy himoya milliy agentligi Qashqadaryo viloyati boshqarmasida uchrashuv bo'lib o'tdi.

Unda ijtimoiy himoya soha xodimlarining, jumladan, ijtimoiy xodimlar va supervayzerlarning bilim va ko'nikmalarini rivojlantirish va yanada mustahkamlash bo'yicha suhbat olib borildi.

Uchrashuv davomida xalqaro ekspertlar "insonlarga ijtimoiy xizmatlarni ko‘rsatishda supervayzerlarning roli haqida alohida to‘xtalib, muammoni negizini ko‘ra olgan supervayzer uning yechimiga eng yaqinlashgan mutaxassis" hisoblanishini ta’kidladilar.

Shuningdek, tomonlar Qarshi shahrida Qashqadaryo va Surxondaryo supervayzerlari uchun 2 kun davomida o‘tkaziladigan trening va kelgusida bu borada olib boriladigan chora-tadbirlar haqida ma’lumot almashdilar.