2025-yil davomida Hamjamiyatlarni mustahkamlash va ijtimoiy farovonlikni rivojlantirish markazi tomonidan ijtimoiy ish tizimini rivojlantirishga qaratilgan tizimli va kompleks ishlar amalga oshirildi.
Ehtiyojlarni baholash bo‘yicha kompleks tadqiqot (Needs Assessment).
Mamlakatning 7 ta hududini qamrab olgan mazkur tadqiqot doirasida 42 ta fokus-guruh, 38 ta intervyu hamda Agentlikning hududiy boshqarmalari bilan 8 ta intervyu o‘tkazildi. Tadqiqotda jami 507 nafar respondent ishtirok etdi.
Oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik.
Tadqiqot natijalariga asoslanib, “Ijtimoiy ish” yo‘nalishi bo‘yicha kadrlar tayyorlaydigan 19 nafar oliy ta’lim muassasalari bilan tizimli hamkorlik yo‘lga qo‘yildi. Ta’lim dasturlari va amaliy tayyorgarlik tahlil qilinib, tegishli kafedralar bilan ishchi aloqalar o‘rnatildi hamda o‘qituvchilar va amaliyotchilar uchun qayta tayyorlash kurslarini joriy etish uchun asos yaratildi.
Ijtimoiy ish amaliyoti
Yil davomida xatar guruhidagi bolalar va ularning oilalari bilan ishlashga qaratilgan III bosqichli treninglar tashkil etilib, 85 nafardan ortiq mutaxassis ishtirok etdi. Shuningdek, 2025-yil avgust oyida 1146 qisqa raqamli Call-markaz mutaxassislari uchun maxsus trening va amaliy superviziya o‘tkazildi.
Amaliy vositalarni ishlab chiqish va joriy etish Keys-menejmentni rivojlantirish doirasida bolalarga nisbatan zo‘ravonlik holatlarini oldini olish va aniqlash maqsadida birlamchi va kompleks (biopsixososial) baholash vositalari ishlab chiqildi va uslubiy jihatdan rasmiylashtirildi.
Bundan tashqari, “Ijtimoiy ish to’g’risidagi” qonun loyihasini hamda bolalarning huquqlarini ta’minlash borasidagi Normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqishda faol ishtirok etildi.
Klinik superviziya
Yil davomida 20 ta superviziya sessiyasi o‘tkazilib, ularda 600 nafardan ortiq mutaxassis ishtirok etdi. Superviziya jarayonida 105 ta murakkab keyslar tahlil qilindi.
Xalqaro tajribani moslashtirish
Gender va oiladagi zo‘ravonlik bilan ishlashga qaratilgan W.I.N.G.S. dalillarga asoslangan intervensiyasini milliy amaliyotga moslashtirish ishlari boshlandi.
Xalqaro hamkorlik
2025-yil davomida Markaz tomonidan ijtimoiy ish sohasida faoliyat yurituvchi 13 ta xalqaro tashkilot bilan hamkorlik aloqalari o‘rnatildi. Mazkur hamkorliklar ilg‘or xalqaro tajribani o‘rganish, dalillarga asoslangan yondashuvlarni joriy etish hamda Markaz salohiyatini mustahkamlashga xizmat qildi.
Volontyorlik guruhlari
Markaz qoshida “Xavfsiz bolalik” va “Kambag’allik siklini to’xtatamiz” nomli volontyorlik guruhlari faoliyat yuritadi.
2025-yil Markaz faoliyatida tizimli yondashuv, professional salohiyat va amaliy mexanizmlarni mustahkamlash yili bo‘ldi.