Call-markazning operator-mutaxassislari uchun trening

Hamjamiyatlarni mustahkamlash va ijtimoiy farovonlikni rivojlantirish markazi mutaxassislari tomonidan Ijtimoiy himoya milliy agentligi qoshidagi Call-markazning operator-mutaxassislari uchun malaka oshirish bo‘yicha trening start oldi.

Trening jarayonida ishtirokchilar jarohat tushunchasi va uning inson ruhiy holatiga ta’siri, bolalikdagi noxush tajribalar (ACEs) hamda ularning oqibatlari, jarohatga asoslangan (trauma-informed) yondashuvning tamoyillari, shuningdek birinchi psixologik yordamning mazmuni, asosiy prinsiplari va kasbiy chegaralari bilan tanishdilar.

Kun davomida esa ishtirokchilar bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilish mexanizmlari, oila xavfsizligi va xavf darajasini baholash usullari, skrining va signal varaqalari bilan ishlash tartibi haqida amaliy bilimlarga ega bo‘lishdi.

Trening davomida Ijtimoiy himoya milliy agentligi . Hududlarda ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish boshqarmasi hamda Deviant xulq-atvorli bolalar bilan ishlash va ularni zo‘ravonlikdan himoya qilish bo‘limi mutaxassislari tomonidan “Inson” markazi psixologlari faoliyati haqida ma’lumot berildi, shuningdek Vazirlar Mahkamasining 440-son qarori sharhi taqdim etildi.

Mazkur hujjat bolalarga nisbatan zo‘ravonlik holatlarini aniqlash, xavf darajasini baholash, himoya rejasini ishlab chiqish va uni amalga oshirish tartibini belgilaydi.

Trening yakunida ishtirokchilar ma’lumotlarni to‘g‘ri va maxfiy tarzda qayd etish, inqirozli vaziyatlarda tezkor hamda professional javob berish, o‘z kasbiy chegaralarini anglash va saqlash ko‘nikmalarini mustahkamlashdi.

Ushbu birlamchi trening bolalarga nisbatan zo‘ravonlik holatlarida professional, tezkor va mas’uliyatli yondashuvni ta’minlashga, shuningdek Call-markaz mutaxassislarining bilim va amaliy tayyorgarligini oshirishga xizmat qildi.

wpChatIcon
wpChatIcon