WINGS (Women Initiating New Goals of Safety – Ayollar xavfsizligi yo‘lida yangi maqsadlarni belgilaydi) dasturi Kolumbiya universiteti Ijtimoiy ish maktabi professori, doktor Louisa Gilbert tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, zaif qatlamdagi ayollar, xususan, qishloq joylardagi kam ta’minlangan oiladagi ayollar hamda OIV (VICh) bilan yashayotgan ayollarni qamrab oladi.
Dastur Screening, Brief Intervention and Referral to Treatment (SBIRT- muammoni aniqlash, qisqa muddatli aralashuv va zarur terapevtik xizmatlariga yo‘naltirish) modeliga asoslangan.
WINGS dasturi yordamida zo’ravonlikka uchragan yoki uchrayotgan ayollarga:
Zo‘ravonlikning turlari haqida ma’lumot beriladi;
Hayotlaridagi mavjud xavflarni aniqlashga yordam beriladi;
Ular uchun xavfsizlik rejasi tuziladi;
Ular tinglanadilar va qo‘llab-quvvatlanadilar;
Ijtimoiy xizmat ko’rsatuvchi markazlarga yo‘naltiriladilar.
