Amir Temurning ijtimoiy himoyadagi roli

Amir Temur nafaqat buyuk sarkarda va davlat arbobi, balki o‘z zamonasida ijtimoiy adolat, xalq farovonligi va ijtimoiy himoya masalalariga katta e’tibor bergan rahbar edi. Uning siyosati orqali ko‘plab zamonaviy ijtimoiy ish tamoyillari shakllanganini ko‘rish mumkin.

  1. Kambag‘allar va yetimlarga g‘amxo‘rlik
    Amir Temur o‘z davrida yetim bolalar, beva ayollar va kambag‘allarni himoya qilishni muhim deb bilgan. Zaif qatlamga yordam berish, ularni uy-joy va moddiy qo‘llab-quvvatlash orqali jamiyatda tinchlikni saqlagan.
  2. Adolat va tenglik tamoyili
    Amir Temur “Temur tuzuklari”da yozilishicha, barcha fuqarolar qonun oldida teng bo‘lishi kerak deb hisoblagan. Zolim amaldorlarga qarshi qat’iy choralar ko‘rgan. Bu orqali aholining davlatga bo‘lgan ishonchini oshirgan.
  3. Ijtimoiy infratuzilma qurilishi
    U qurdirgan karvonsaroylar, ko‘priklar, bozorlar va madrasa-masjidlar jamiyatga xizmat qilgan. Bu inshootlar odamlar uchun qulaylik yaratibgina qolmay, yangi ish o‘rinlarini ham ta’minlagan. Nafaqat o’z hududida, balki yurish qilgan davlatlarida ham insonlarga yengillik yaratgan.
  4. Hunarmand va dehqonlarga imkoniyat yaratish
    Temur o‘z yurishlaridan keyin hududlarda hunarmandchilik, dehqonchilik va savdo-sotiqni rivojlantirishga e’tibor bergan. Bu orqali odamlar o‘z mehnati bilan ro‘zg‘or tebratish imkoniga ega bo‘lgan.
  5. Tarbiya va ma’naviyatga urg‘u
    Temur ilm-fan va axloqiy tarbiyani jamiyat barqarorligining asosi deb bilgan. U madrasalar ochib, toliblarni, ulamo va olimlarni qo‘llab-quvvatlagan. Bu orqali yosh avlodning ta’limi va rivojlanishini rag‘batlantirgan.
wpChatIcon
wpChatIcon