25-noyabrdan boshlab butun Respublika bo’ylab “Zo‘ravonlikka qarshi 16 kunlik faol harakat” xalqaro kampaniyasi boshlandi.

Ushbu tashabbus Ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish kuniga bag‘ishlanib, jamiyatni bir maqsad yo‘lida birlashtirishga va ularning xavfsizligini ta’minlashga chorlaydi.

Hamjamiyatlarni mustahkamlash va ijtimoiy farovonlikni rivojlantirish markazi kampaniyani qo‘llab-quvvatlash maqsadida o‘z logotipini ramziy tarzda olov rangga o‘zgartirdi.

Har biringizni ushbu ezgu tashabbusga qo‘shilishga, muammoni yoritishga va birdamlikni namoyon etishga chaqiramiz.
Birgalikda zo‘ravonlikka chek qo‘yishimiz mumkin.

Chunki zo‘ravonlik — hech qachon oqlanmaydi!

wpChatIcon
wpChatIcon