Ushbu tashabbus Ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish kuniga bag‘ishlanib, jamiyatni bir maqsad yo‘lida birlashtirishga va ularning xavfsizligini ta’minlashga chorlaydi.
Hamjamiyatlarni mustahkamlash va ijtimoiy farovonlikni rivojlantirish markazi kampaniyani qo‘llab-quvvatlash maqsadida o‘z logotipini ramziy tarzda olov rangga o‘zgartirdi.
Har biringizni ushbu ezgu tashabbusga qo‘shilishga, muammoni yoritishga va birdamlikni namoyon etishga chaqiramiz.
Birgalikda zo‘ravonlikka chek qo‘yishimiz mumkin.
Chunki zo‘ravonlik — hech qachon oqlanmaydi!
