Markazning asosiy vazifalari

Ijtimoiy himoya va aholining ruhiy salomatligi sohasidagi muammolarni tadqiq etish hamda hal qilishga qaratilgan takliflar ishlab chiqish.

Ijtimoiy ish sohasida xalqaro standartlar talablariga mos keluvchi akademik tizimni joriy etish va mustahkamlash.

Ijtimoiy himoya muammolarini hal etishga qaratilgan dasturlarni ishlab chiqish va ishga tushirish.

Ijtimoiy himoya sohasida ish jarayonlarini tashkil etish metodologiyasini yaratishga ko‘maklashish orqali O‘zbekistonda professional ijtimoiy ish tizimini joriy etishni qo‘llab-quvvatlash.

Ijtimoiy xizmatlarni mahalla darajasida tashkil etish bo‘yicha ilmiy tavsiyalar ishlab chiqish.

Kolumbiya universitetining Ijtimoiy ish maktabi bilan hamkorlikda ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish.

Qonunchilikka muvofiq shartnoma asosida kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish hamda ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish.

photo_2025-04-18_13-04-42
wpChatIcon
wpChatIcon