Hamjamiyatlarni mustahkamlash va ijtimoiy farovonlikni rivojlantirish markazi tomonidan Ijtimoiy siyosat laboratoriyasi hamkorligida tashkil etilgan “Yoshlar tadqiqotlari jamiyat farovonligi yo‘lida” tanlovi yakunlandi.
Tanlov davomida 16–18 yoshdagi yosh tadqiqotchilar raqamli qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy farovonlik, inklyuziya, moliyaviy savodxonlik va xavfsiz muhit yo‘nalishlarida tadqiqot olib borib, aniqlangan muammolar yuzasidan o‘z taklif va amaliy yechimlarini hakamlar hay’ati oldida himoya qildilar.
Hakamlar hay’ati tomonidan tadqiqot ishlari va taqdimotlar baholanib, tanlov g‘oliblari aniqlandi:
1-o‘rin — Ma’rifatxon Umarova
Mavzu: “Sukutdan xavfsiz murojaatgacha: O‘zbekistondagi o‘smirlar uchun ishonchga asoslangan raqamli qo‘llab-quvvatlash tizimini ishlab chiqish”
2-o‘rin — Xadicha Sidikova
Mavzu: “Ijtimoiy tarmoqlarda «cancel culture»: onlayn qoralashdan qo‘rqish o‘smirlarning o‘z fikrini erkin ifoda etishiga qanday ta’sir qiladi?”
3-o‘rin — Sevara Abdumo‘minova
Mavzu: “O‘smirlarning bulling va zo‘ravonlik holatlarida yordam so‘rash xulq-atvori hamda yordam manbalariga munosabati”
3-o‘rin — Gulixon Ro‘zimboyeva
Mavzu: “Trilend fenomeni”
anlov yoshlarning o‘z tengdoshlari orasidagi dolzarb ijtimoiy muammolarni tadqiqot asosida o‘rganishi, dalillarga tayangan xulosalar chiqarishi hamda ularning farovonligi, xavfsizligi va ijtimoiy faolligini yaxshilashga qaratilgan amaliy yechimlarni ilgari surishi uchun muhim platforma bo‘ldi.
G‘oliblarni tabriklaymiz va yosh tadqiqotchilarga kelgusidagi ilmiy izlanishlarida muvaffaqiyat tilaymiz!