Xorazmda ijtimoiy soha mutaxassislari uchun superviziya sessiyalari davom etmoqda

Xorazmda ijtimoiy soha mutaxassislari uchun superviziya sessiyalari davom etmoqda

Xorazm viloyatida ijtimoiy soha mutaxassislari uchun tashkil etilgan superviziya sessiyalarining ikkinchi kuni Urganch tumanida o‘tkazildi.

Sessiyalar davomida vasiylik masalalari, onkologik kasallikka chalingan ayollar va bolalar, zo‘ravonlikka uchragan bolalar bilan bog‘liq 10 ta og’ir keys yuzasidan chuqur tahliliy muhokamalar olib borildi. Shuningdek, Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markaziga tushib qolgan bolalarning ijtimoiy holati tahlil qilindi.

Superviziya qilingan keyslar orasida bir nechtasi chuqur muhokamalarga sabab bo’ldi. Jumladan, onasi tomonidan zo‘ravonlikka uchragan 3 yoshli qizaloq, onkologik kasallikning 4-darajasi bilan kurashayotgan ayol hamda oilaviy avtohalokatga uchrab boquvchisini yo’qotgan oila bilan bog‘liq keyslar bo‘yicha mutaxassislar tomonidan aniq tavsiyalar berildi.

Xorazm viloyatida o’tkazilgan superviziyalar davomida jami 21 ta og’ir keyslar klinik superviziyadan o’tkazildi..

Eslatib o‘tamiz, ushbu superviziyalar Ijtimoiy himoya milliy agentligi, (https://t.me/ijtimoiyhimoya_agentligi) UNICEF hamda Mojaro hududlaridan qaytgan Markaziy Osiyo davlatlari fuqarolari uchun Yevropa Ittifoqi – BMT ko‘magida tashkil etilmoqda.