"Yoshlar tadqiqotlari jamiyat farovonligi yo‘lida" tanlovi

"Yoshlar tadqiqotlari jamiyat farovonligi yo‘lida" tanlovi

Sizni ijtimoiy farovonlik, inklyuziya, moliyaviy savodxonlik va xavfsiz muhit kabi mavzularga befarq emasmisiz? Unda bu tanlov aynan Siz uchun!

Bu tanlovda Siz uchun:
tadqiqot ko‘nikmalaringizni rivojlantirish;
dolzarb ijtimoiy muammolarni ilmiy asosda o‘rganish;
amaliy tavsiyalar ishlab chiqish;
o‘z g‘oyalaringizni ekspertlarga taqdim etish;
tengdoshlaringiz orasida yosh tadqiqotchi sifatida o‘zingizni namoyon etish imkoniyatidir.

Tanlovda 16–18 yoshdagi yoshlar yakka tartibda ishtirok etishlari mumkin.

Tadqiqotlar 2026-yil 10-avgustgacha uccyouthresearch@gmail.com manzil orqali qabul qilinadi.