Ijtimoiy xodimning kompetensiya xaritasi

Ijtimoiy xodimning kompetensiya xaritasi

Ijtimoiy xodim - inson huquqlari, ijtimoiy adolat va inson qadr-qimmatini himoya qilishga qaratilgan professional faoliyatni amalga oshiruvchi mutaxassisdir.

Kompetensiyaga ega ijtimoiy xodim ehtiyoj va xatarlarni baholaydi, vaziyatni tahlil qiladi, dalillarga asoslangan qaror qabul qiladi, murakkab hayotiy vaziyatlarda professional intervensiyalarni amalga oshiradi.

Ijtimoiy ishning global ta’rifiga ko‘ra, mazkur kasb ijtimoiy o‘zgarishlarga ko‘maklashish, ijtimoiy jipslikni mustahkamlash, inson imkoniyatlarini kengaytirish, inson huquqlari va ijtimoiy adolatni ta’minlashga xizmat qiladi. Shu bois xalqaro ta’lim modellarida, jumladan Ta’lim siyosati va akkreditatsiya standartlari (EPAS)da ijtimoiy xodimlarni tayyorlash kompetensiyaga asoslangan yondashuv orqali amalga oshiriladi.

Kompetensiyalar xaritasi ijtimoiy xodim uchun muhim yo‘riqnoma bo‘lib, u:
qanday bilimga ega bo‘lish;
qanday qaror qabul qilish;
qanday baholash o‘tkazish;
qanday professional intervensiyalarni amalga oshirish;
ijtimoiy himoya tizimida qanday o’zgarishlar amalga oshirish lozimligini belgilab beradi.