O‘zbekistonda ijtimoiy ish ekotizimi

O‘zbekistonda ijtimoiy ish ekotizimi

Ijtimoiy himoya milliy agentligi respublikaning barcha 14 hududida 8939 ta ijtimoiy xodim shtati yaratib, ijtimoiy ishni professionalizatsiyaga asos soldi va aholining turli qatlamlari bilan manzilli ijtimoiy ish tizimini joriy qildi. Bundan tashqari, 207 nafar supervayzer faoliyatini yurituvchi bosh mutaxassis shtati yaratilib, ijtimoiy xodimlarning kasbiy rivojiga xizmat qilmoqda.

Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Kolumbiya universiteti (AQSh) Ijtimoiy ish maktabi hamda UNICEF hamkorligida “Hamjamiyatlarni mustahkamlash va ijtimoiy farovonlikni rivojlantirish markazi” tashkil etildi.

Ijtimoiy ishning barqaror rivoji malakali mutaxassislar tayyorlash bilan chambarchas bog‘liq:
19 ta oliy ta’lim muassasasida ijtimoiy ish yo‘nalishi joriy etilgan;
4355 nafar talaba mazkur yo‘nalishda tahsil olib, kelajakda tizimning asosiy tayanchiga aylanmoqda;
2025–2026 o‘quv yili uchun kvotalar 2500 dan ortiq etib belgilanishi sohaga bo‘lgan ehtiyoj ortib borayotganini ko‘rsatadi.

Sohadagi mutaxassislarning kasbiy rivojlanishi uchun Hamjamiyatlarni mustahkamlash va ijtimoiy farovonlikni rivojlantirish markazi tomonidan Kolumbiya universitetining ijtimoiy ish maktabi bilan hamkorlikda:
576 soatlik ijtimoiy ish bo’yicha 8 modulni qamrab olgan qayta tayyorlov kurslari yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, ular orqali zamonaviy bilim va ko‘nikmalar berilmoqda;
5 ta dalillarga asoslangan xorijiy intervensiya amaliyotga joriy etilib, xizmatlar samaradorligi oshirilmoqda;
20 dan ortiq akademik va amaliy o‘quv dasturlari joriy etilmoqda.

Ijtimoiy himoya tizimi xodimlarining malakasini oshirish markazi tomonidan raqamlashtirish doirasida 11 ta moduldan iborat e-learning tizimi ishlab chiqilib, uzluksiz ta’lim imkoniyatlari kengaytirilmoqda.

Yuqoridagi islohotlar O‘zbekistonda ijtimoiy ish sohasi bosqichma-bosqich professional tizimga aylanib borayotganini, xalqaro tajriba bilan uyg‘unlashgan holda ijtimoiy ishni yangi sifat bosqichiga chiqayotganini ko‘rsatadi.