Rahbar va yoshlar uchrashuvi

Rahbar va yoshlar uchrashuvi

Muhtaram Prezidentimiz tomonidan 24-fevral kuni yoshlar bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Davlatimiz rahbari tashabbuslari bilan mamlakatimizdagi barcha vazirlik, idora va hokimliklarda har haftaning payshanba kuni — “Yoshlar kuni” etib belgilandi.

Shu munosabat bilan Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori M.Olloyorovning Hamjamiyatlarni mustahkamlash va ijtimoiy farovonlikni rivojlantirish markazi qoshida faoliyat yurituvchi “Kambag‘allik siklini to‘xtatamiz” - “SCP” qo‘llab-quvvatlash guruhi yoshlari bilan uchrashuvi bo’lib o’tdi.

Uchrashuvda yosh volontyorlar 2 oy davom etgan I bosqich faoliyati doirasida Yangihayot tumanida amalga oshirilgan tashabbuslar haqida batafsil ma’lumot berishdi. Xususan, kam ta’minlangan oilalar farzandlari uchun ingliz tili, matematika hamda moliyaviy savodxonlik yo‘nalishlarida bepul o‘quv mashg‘ulotlari bo'yicha so'z yuritishdi.



Shu bilan birga, yosh volontyorlar guruhi tomonidan ishlab chiqilayotgan “Fundoo app” mobil ilovasi taqdimoti ham o‘tkazildi. Mazkur ilova bolalar va yoshlar o‘rtasida moliyaviy savodxonlikni oshirish, o’zlarining rivojlanishi va ta’limiga investitsiya qilishni rejalashtirish ko‘nikmalariga o‘rgatishga qaratilgan.

“Ushbu loyiha hayotingiz davomida shaxs sifatida, mutaxassis sifatida yoki shunchaki inson sifatida o’zingizni topishingizda muhim qadam bo’ladi deb hisoblayman”, -

 

M.Olloyorov.



Yoshlar bilan uchrashuv yakunida loyiha faoliyatini yanada kengaytirish, hududlarda bosqichma-bosqich joriy etish hamda yoshlarning tashabbuslarini institutsional qo‘llab-quvvatlash masalalari yuzasidan taklif va tavsiyalar bildirildi.