Hududlarda TOT trenerlar faoliyati: tajriba va salohiyat maktabi

Hududlarda TOT trenerlar faoliyati: tajriba va salohiyat maktabi

Respublikaning 14 hududidan saralab olingan mutaxassislar “Xatar guruhidagi bolalar va o‘smirlar bilan ijtimoiy ish amaliyoti” mavzusidagi 3 bosqichli intensiv treningda ishtirok etib hududiy darajada trenerlik faoliyatini olib borish huquqiga ega bo‘ldilar.

Bugungi kunda ushbu TOT trenerlar o‘z hududlarida “Inson” markazlarining bolalarni ijtimoiy himoya qilish sho‘ba mutaxassislari, psixologlari hamda kichik hajmli ijtimoiy ko‘mak markazlari mutaxassislari uchun zo‘ravonlikdan jabrlangan bolalar bilan ishlashning zamonaviy, amaliy va tizimli usullari bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini o‘rgatmoqdalar.

TOT trenerlar — bu nafaqat o‘quv jarayonining ishtirokchilari, balki hududlarda o‘zgarishlar drayveri, professional standartlar targ‘ibotchisi va sifatli ijtimoiy xizmatlar kafolatidir.