TOT trenerlar hududlarda o‘quv-treninglarni olib borildi

TOT trenerlar hududlarda o‘quv-treninglarni olib borildi

Hamjamiyatlarni mustahkamlash va ijtimoiy farovonlikni rivojlantirish markazi tomonidan “2026–2030-yillarga mo‘ljallangan bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF–256-sonli Farmoni ijrosini samarali tashkil etish maqsadida Ijtimoiy himoya milliy agentligi tizimi xodimlari uchun zo‘ravonlikdan jabrlangan bolalar bilan ishlashning maxsus usullari bo‘yicha o‘qitish dasturi hamda o‘quv-uslubiy materiallar ishlab chiqilgan edi.

Mazkur dastur asosida tayyorlangan TOT trenerlar yo‘naltiruvchi treninglardan muvaffaqiyatli o‘tgan holda, bugungi kunda Ijtimoiy himoya tizimi xodimlarining malakasini oshirish markazi bilan hamkorlikda Respublika bo‘ylab o‘z hududlarida 3 kunlik amaliy o‘quv mashg‘ulotlari o'tildi. 3 kunlik treninglar davomida:
xatar guruhidagi bolalar va oilalar bilan ishlash mexanizmlari,
bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilishning samarali usullari,
mental salomatlikni qo‘llab-quvvatlash,
jarohatdan xabardorlik (trauma-informed) yondashuvini amaliyotga joriy etish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalar mustahkamlandi.

Treninglar bolalarni ijtimoiy himoya qilish sho‘ba mutaxassislari, “Inson” markazlari psixologlari hamda kichik hajmli ijtimoiy ko‘mak markazlari xodimlari uchun tashkil etilgan bo'lib, mutaxassislarning kasbiy malakasini oshirish, hududlarda bolalarni himoya qilish tizimini yanada kuchaytirish hamda zo‘ravonlikka nisbatan murosasiz muhitni shakllantirishga xizmat qiladi.