Zo‘ravonlikka qarshi birgalikda!

Zo‘ravonlikka qarshi birgalikda!

Hamjamiyatlarni mustahkamlash va ijtimoiy farovonlikni rivojlantirish markazi qoshida faoliyat yurituvchi “Xavfsiz bolalik” volontyorlik guruhi tomonidan har hafta maktablardagi tengdoshlari uchun zo‘ravonlikning oldini olish bo‘yicha axborot kampaniyalari yanvar oyidan buyon har hafta muntazam ravishda olib borilmoqda.

Joriy yil boshidan shu kunga qadar volontyorlar 22, 71, 190-sonli umumta’lim maktablarida tengdoshlari bilan uchrashuv o’tkazdilar. Har bir maktablarda qariyb 150 nafar o‘quvchi ishtirok etdi.

Bu kabi uchrashuvlarning asosiy maqsadi — bolalar o‘rtasida zo‘ravonlikka nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, o‘zaro ishonch, shuningdek, ularni o‘z huquqlarini bilishga va himoya qilishga rag‘batlantirishdan iboratdir. Shuningdek, zo‘ravonlik sodir etilganda yoki bunday xavf mavjud bo‘lganda qayerga murojaat qilish mumkinligi bo‘yicha ham amaliy ma’lumotlar taqdim etilmoqda.