W.I.N.G.S. dasturi fasilitatorlarini tayyorlashning IV bosqichi boshlandi

W.I.N.G.S. dasturi fasilitatorlarini tayyorlashning IV bosqichi boshlandi

2026-yil 15–17-sentabr kunlari W.I.N.G.S. dasturi doirasida fasilitatorlarni tayyorlashga qaratilgan navbatdagi – to‘rtinchi bosqich o‘quv-treninglari o‘tkazilmoqda. 3 kun davom etadigan treningda respublikaning barcha 14 ta hududidagi “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlarida faoliyat yuritayotgan 55 nafar psixolog ishtirok etmoqda.

O‘quv-treninglar davomida ishtirokchilar gender va oilaviy zo‘ravonlikning shakllari hamda oqibatlari, zo‘ravonlik sikli, “Kuch va nazorat g‘ildiragi”, shuningdek, xavf va himoya omillari bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirmoqda.

W.I.N.G.S. intervensiyasi Kolumbiya universiteti Ijtimoiy ish maktabi professori Luiza Gilbert tomonidan ishlab chiqilgan. Trening dasturi esa Kolumbiya universitetidagi maxsus bo‘lim direktori Lyudmila Kim tomonidan O‘zbekiston sharoitiga moslashtirilgan. Mazkur bosqichdagi mashg‘ulotlar trenerlar M.Maxmudova, A.Yugay va Z.Isayeva tomonidan olib borilmoqda.

Fasilitatorlarni tayyorlash jarayoni 3 kunlik trening bilan yakunlanmaydi. O‘quv bosqichidan so‘ng mutaxassislar muntazam superviziya orqali kasbiy qo‘llab-quvvatlanadi.