“Yoshlar tadqiqotlari jamiyat farovonligi yo‘lida” tanlovining final bosqichi o‘tkazildi

“Yoshlar tadqiqotlari jamiyat farovonligi yo‘lida” tanlovining final bosqichi o‘tkazildi

Hamjamiyatlarni mustahkamlash va ijtimoiy farovonlikni rivojlantirish markazi tomonidan Ijtimoiy himoya milliy agentligi va Ijtimoiy siyosat laboratoriyasi hamkorligida tashkil etilgan “Yoshlar tadqiqotlari jamiyat farovonligi yo‘lida” tanlovining final bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Tanlov doirasida 16–18 yoshdagi yosh tadqiqotchilar ijtimoiy hayot uchun muhim bo‘lgan raqamli qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy farovonlik, inklyuziya, moliyaviy savodxonlik va xavfsiz muhit yo‘nalishlarida o‘z tadqiqotlarini olib bordilar hamda tadqiqotlarida o‘rganilgan muammolar yuzasidan ishlab chiqilgan taklif va amaliy yechimlarini hakamlar hay’ati oldida himoya qildilar.

Himoya davomida yoshlar o‘z tengdoshlari orasida uchrayotgan dolzarb ijtimoiy muammolar va ehtiyojlarni aniqlash, ularning sabablarini tadqiqot asosida o‘rganish, dalillarga tayangan xulosalar chiqarish hamda tengdoshlarining farovonligi, xavfsizligi va ijtimoiy faolligini yaxshilashga qaratilgan amaliy yechimlarni taklif etishga alohida e’tibor qaratdilar.