Hamjamiyatlarni mustahkamlash va ijtimoiy farovonlikni rivojlantirish markazi va UNAIDS (United Nations Programme on HIV/AIDS) hamkorligida "Ijtimoiy himoya tizimi orqali OIV bilan yashayotgan insonlarning huquqlarini ta'minlash hamda genderga sezgir yondashuvni rivojlantirish" loyihasi o‘z faoliyatini boshladi.
Loyihaning asosiy maqsadi – ijtimoiy himoya, ta'lim, sog‘liqni saqlash va boshqa tizimlarda faoliyat yuritayotgan mutaxassislarning OIV bilan yashovchi insonlarga xizmatlar ko'rsatishlarida bilim va ko'nikmalarini kengaytirish, genderga sezgir muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirish orqali ularning professional kompetensiyalarini oshirishdir.
Bugungi kunda OIV bilan yashayotgan insonlarga sifatli xizmat ko‘rsatish nafaqat tibbiy bilimlarni, balki stigma va diskriminatsiyani kamaytirishga qaratilgan ijtimoiy hamda inson huquqlariga asoslangan yondashuvni, gender omillarini chuqur anglashni hamda turli tizimlar o‘rtasidagi samarali hamkorlikni talab etadi. Shu bois loyiha aynan amaliy kompetensiyalarni shakllantirishga alohida e'tibor qaratadi.